O‘zbekiston Qurolli Kuchlari — bu xalqimiz iftixori, davlat mustaqilligining ishonchli kafolatidir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, armiyamiz salohiyatining oshirilishi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar Vatan himoyachilariga bo‘lgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasidir.
Vatan himoyachilari bayram munosabati bilan Bektemir tumanidagi 291-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Jangovor tayyorgarlik Sikli bilan hamkorlikda “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” mavzusida manaviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bugungi kunda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va jasorat tuyg‘ularini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada Vatan himoyachilari yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqdalar.