Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-март 2026, 05:48
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda “Vatan himoyasi oliy saodat-Besh tashabbus amalda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi


2026 yil 23 yanvar kuni Tarix va huquq fani o'qituvchilari Gulbahor Muslimova, O.Xudoyqulova, Musiqa fani o'qituvchisi Z.Aliqulova, CHQBT rahbari N.Ergashyev va Boshlang'ich sinf fani o'qituvchisi R.Yakubovalar hamkorligida “Ma’naviyat va ma’rifat-Milliy liboslar targ‘iboti kuni” munosabati bilan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan himoyasi oliy saodat-Besh tashabbus amalda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, sport va harbiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Bektemir tuman hokimiyati Nuroniylar Kengashi a’zosi Davronbek Astonov,  maktab ma’muriyati, maktab Nuroniylar va Xotin qizlar Kengashi a’zolari, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ularni ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir yuksak saviyada tashkillashtirilib, 170 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.