
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, tizim tashkilotlari rahbariyati vakillari, vazirlik hamda Agentlikning hududiy boʻlinma rahbarlari ishtirok etdi.
Oʻzaro muloqot shaklida oʻtkazilgan uchrashuvda:
➖ kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va amaliy koʻnikmalarga asoslangan dual taʻlim tizimini rivojlantirish;
➖ kasbiy ta’lim tizimida kadrlar salohiyatini oshirish hamda xorijiy hamkorlik dasturlarini kengaytirish;
➖ muvaffaqiyatli texnikumlar faoliyatini mamlakat miqyosida ommalashtirish;
➖ joriy yil Prezidenti sovrini uchun texnikum oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Kasbiy mahorat” milliy tanlovini yuqori saviyada tashkil etish;
➖ texnikumlarga “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilishda belgilangan mazkur rejalarni izchil amalga oshirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligining hududiy boʻlinmalari hamkorlikda ish olib borishi taʼkidlandi.
Tadbir davomida vazirlik hamda Agentlik hududiy boʻlinma rahbarlarining yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha hisobotlari tinglandi.