Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-март 2026, 05:48
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizning 9,10 va 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi


2026-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va FVV Akademiyasi mutasaddi xodimlari hamda Bektemir tumani MMTB bosh mutaxassisi Azizov Xamidullalar maktabning 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy litsey va akademiyasi, FVV Akademiyasiga o‘qishga kirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Shuningdek, imtiyoz va yaratilgan sharoitlar borasida batafsil so‘zlab berdilar.
Davra suhbati o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirdi va suhbat jarayonida o‘quvchilar tomonidan tushgan savollarga atroflicha javob berildi va harbiy litsey va akademiya boyicha tayyorlangan ma’lumotlar tarqatmasi o‘quvchilarga tarqatildi. Uchrashuvda 170 nafardan ortiq oʻquvchi ishtiroki taʼminlandi.