Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ona Vatanga mehr va sadoqatini mustahkamlash maqsadida “Vatan qayerdan boshlanadi?” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatan tushunchasining mazmun-mohiyati, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, milliy qadriyatlarni e’zozlash hamda mamlakat kelajagi uchun mas’uliyatni his etish kabi muhim tushunchalar haqida ma’lumotlar berildi.
Vatanga muhabbat — qalbdagi tuyg‘u, uni asrash esa har birimizning burchimizdir!